Bugun, 28-yanvar kuni soat 10:50 da Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFY Sh.Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Mersedes-Benz” rusumli o‘ylovchi tashishga mo‘ljallangan avtobusda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Haydovchining birlamchi ma'lumotidan avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelganligi uchun, yo‘lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan.
Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:58 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.