FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Avtomashina kanaldan olib chiqildi

Joriy yilning 27 oktabr kuni soat 10:15da Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik guruhiga Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limidan murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Amuzang” kanaliga shu tumanning “Ismoiltepa” MFYda yashovchi fuqaro Ch.M. ga tegishli VAZ-2107 rusumli avtomashinasi soyga sirg‘alib tushib, oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Olingan tezkor xabar bo‘yicha qutqaruv otryadi komandiri leytenant A.Utebayev boshchiligidagi suvda qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatish va avtomashinani kanaldan olib chiqish maqsadida voqea joyiga yetib borishdi.

Qutqaruvchilar zurur ehtiyot choralarini ko‘rib, oqilona va tadbirli sa’y-harkatlar bilan maxsus kiyim va qutqaruv vositalari yordamida kanal ichida oqib ketayotgan avtomashinani suvdan olib chiqishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech