Joriy yilning 24-may kuni soat 21:51 da Toshkent shahar Yangihayot tumani “Olchazor” MFY Qipchoq ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Lacetti ” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar tuman FV bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in avtomobilning elektr simlaridagi qisqa tutashuvi sababli sodir bo‘lganligi taxmin qilingan. Yong‘in natijada avtomobilning mator qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.