Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Axborot xabarnoma

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi.

3-5 dekabrga, O'zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari 10-13 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz- havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishni so‘rab qoladi:

- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
- isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;
- xonani vaqti-vaqti bilan shamollating va shamollatish kanallariga alohida e’tibor qarating;
- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;
- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;
- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech