Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Axborot xabarnoma

Xabaringiz bor, “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilinganligi tufayli, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Dovon yo‘li yopilishi munosabati bilan Angren shahrida joylashgan “Angrenlend” oshxonasida shtab ish faoliyatini boshladi.

Shuningdek, ayni vaqtda yo‘lda qolib ketgan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shohobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ular uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan. Eslatib o‘tamiz, qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, ko‘chki xavfi mavjud.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar kun davomida berib boriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech