Joriy yilning 22 oktabr kunidan 23 oktabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.
Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo`lgan.
Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.
Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.