FVV ogohlantiradi:
27 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bolib, ayrim joylarda (yomg'ir, qor) yog'ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga qarab 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 0-5* C iliq' bo'lib ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Axborot xabarnomasi

Joriy yilning 22 oktabr kunidan 23 oktabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo`lgan.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech