Taxminan 30 daqiqa oldin Chinoz tumanidagi “Paxta Neftbazasi”da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Bir necha daqiqada yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘liq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma'lumоtlar kelib tushmagan.
Ayni daqiqalarda Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari sisternada kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etmoqdalar
- Qo'shildi: 26.11.2020
- Chop etish
- Ko'rishlar: 12758