FVV ogohlantiradi:
29 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-23 m/s (54-83 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimol va janubda hamda cho'l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo'ladi.

Bayram arafasida harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Yurtimizga, yangilanish va yasharish fasli kirib keldi. Shu bilan birga, mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomini keng nishonlash, uni munosib kutib olish ishlari avjida. Bayram arafasida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun yangi uylar topshirildi.

Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Mana shunday ezgu ishlarning davomi sifatida Farg‘ona shahrida qurilgan 30 xonadondan iborat zamonaviy ko‘p qavatli uylarning o‘z egalariga topshirilishi fikrimizning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan qizg‘in o‘tkazildi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech