Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Bayram arafasida yana bir tuhfa

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida yurtimizda ko’plab yangilanishlar amalga oshirilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari shaxsiy tarkiblari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.

Xususan, Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” MFYda Yong‘in-qutqaruv xizmati uchun ikki qavatli yangi binoni qurilib foydalanishga topshirilgani yuqorida ta’kidlab o`tgan fikrimizning amaldagi isboti bo`ldi.

Aytish joziki, mazkur inshootda ko`rgazmali vositalar, zarur inventarlar bilan jihozlangan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar hamda gaz-tutundan himoyalash xonalari, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi garaj, shuningdek, sport zali va oshxona talab darajasida hozirlandi.

Tuman yong`in qutqaruv qismi binosining ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari, viloyat hokimi O`ktam Barnoyev, viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tartanali tadbirda so`z olganlar bu kabi zamoanaviy sharoitlar shaxsiy tarkibning o‘z xizmat vazifasiga yanada mas’uliyat bilan yondashishi, ijtimoiy-iqtisodiy maskanlar, fuqarolar xonadonlarini yong`inlardan himoya qilishga bor kuch g`ayratini safarbar etishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

O`tkazilgan tadbirning yana bir quvonarli jihati shunda bo`ldiki, shu kunning o`zida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan hududda yashovchi kam ta’minlangan ijtimoiy-himoyaga muhtoj oilaning  farzandiga sunnat to‘yi tashkillashtirilgani bayram shukuhini yanda a’lo darajada o`tishiga zamin yaratdi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech