Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganida oqibatlarini qisqa fursatlarda, kam talofatlar bilan bartaraf etish maqsadida Jizzax viloyatida ommaviy sayillar o‘tkaziladigan joylarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir viloyat markazidagi yangi yil archasi o‘rnatilgan hududda fuqaro muxofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, favqulodda xolatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam berish va qutqaruv harakatlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarning zaharlanishini oldini olish maqsadida savdo yarmarkalarida oziq-ovqatlarning yaroqliligi, sanitariya talablariga javob berishi o‘rganilib, sotuvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari tashkil etildi.