“Yangi yil” bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganida oqibatlarini qisqa fursatlarda, kam talofatlar bilan bartaraf etish maqsadida Favquldodda vaziyatlar vazirligi xodimlari “Yangi yil” archasi joylashgan hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi xizmatlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu hududlarda yong‘in-qutqaruv ekipajlarining kun-u tun navbatchilik olib borishi tashkil etilgan.
Xususan, kuni kecha Farg‘ona, Namangan, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari Markazidagi yangi yil archasi o‘rnatilgan hududda fuqaro muxofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, favqulodda xolatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam berish va qutqaruv harakatlari olib borildi. Bu boradagi amaliy harakatlar respublikmizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.