FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Befarq bo‘lma, ogoh bo‘l: profilaktik tadbirlar Jizzax viloyatida

Nazorat qilib bo‘lmaydigan yong‘in doimiy xavflardan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, kuz-qish mavsumida aholining nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanish natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi sezilarli ravishda ko‘payadi. Shu sababli mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish dolzarb masala hisoblanadi.

Ana shu maqsadda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta'minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Paxtakor tumanida o‘tkazilgan tadbirda tumandagi aholi yashash xonadonlari, sanoat korxonalari, bozorlar, infratuzilma ob'ektlari va turar joy binolarida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish choralari ko‘rildi. Shuningdek, “Oq buloq”, “Paxtakor” va “Suvonobod” MFYlarida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida fuqarolarga qo‘lbola, nosoz, nostandart isitish uskunalaridan foydalanish, quruq xazonlar, gaz qurilmalari yonida yengil alagadanuvchi suyuqliklarni saqlash va ulardan noto‘g‘ri foydalanish, uy-joylarda chekish, ochiq olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarning qarovsiz qoldirish turli ko‘ngilsiz hodislarga sabab bo‘layotganligi ta'kidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech