FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Bekobod: “Sardop” soyida qirg‘oq mustahkamlash

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yog‘ingarchilik mavsumida respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel, suv toshqini hodisalari tez-tez kuzatilmoqda. Tabiiy ofat xavfini bartaraf etish, bu haqda aholini o‘z vaqtida ogohlantirish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni maqsadda Toshkent viloyatidagi kanal, soy o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash tadbirlarining tashkil etilgani ham fikrimizning yorqin isbotidir.
Joriy yilning 14 may kuni “Bekobod tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Sardop” soyining o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash, sel oqimlari va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz qabul qilish, avariyasiz o‘tkazib yuborishda Toshqinga qarshi tuman komissiyasining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqida 32 nafar ishchi-xodim, 14 ta og‘ir-muhandislik va maxsus texnikalar jalb etilib, 140 p/m uzunlikdagi soy o‘zanini tozalash hamda qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbirlar 16 may kuniga qadar davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech