Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi

2019 yil 19 noyabr kuni Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri V.Vashenko boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019-2020 yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan amalga oshirildi.

Bugun mehmonlar, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yangi binosi hamda Belarus Respublikasi tajribasi asosida bunyod etilgan Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash o‘quv markazining ochilish tadbirida ishtirok etishdi.

Delegatsiya tashrifi doirasida Fuqaro muhofazasi instituti va Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech