Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Belarus Respublikasida kichik xajmli kemalarni boshqarish asoslari bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazildi

2018 yilning 26 mart kunidan 13 aprel kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi Universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Ichki suv havzalarida kichik xajmli motorli kemalarni boshqarish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv kursi davomida  Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Belarus Respublikasining Kichik xajimli kemalar bo‘yicha davlat inpeksiyasi faoliyatini tashkil etish tajribasini o‘rganish bilan bir qatorda, kichik xajmli kemalarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. O‘quv kursi yakunida esa vazirlik xodimlari  kichik xajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi  xalqaro darajadagi guvohnomaga ega bo‘ldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech