FVV ogohlantiradi:
12 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, Harorat 30-35*S issiq bo'ladi.

BEMINNAТ QUTQARUVCHILAR

Joriy yilning 21 may kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga fuqaro Murodova Matlab qo‘ng‘iroq qilib, xonadon kirish eshigi qulflanib qolganligi va ichkarida kichik farzandi qolganini ma’lum qilib, amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga etib borishib maxsus asboblar yordamida eshikni ochib, ichkarida qolgan bolakayni  sog‘-salomat onasiga topshirishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech