Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
17 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilk kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17 C iliq bo'ladi.

Binolar qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlashda innovatsion yondashuv

Joriy yilning 7 yoyabr kuni Farg’ona viloyati, Farg’ona shahridagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining majlislar zalida “Binolar qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy usul va uslublar hamda innovastion yondoshuv” mavzusida hududiy seminar o’tkazildi.

Seminar O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2018 yil 10 may kuni tasdiqlangan “Aholi o’rtasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash, individual quruvchilar tomonidan qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilish, ta’lim muassasalari o’quv dasturlarida zilzilalardan ogohlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, “Ergeodezkadastr” davlat qo’mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari hamda Farg’ona, Andijon hamda Namangan viloyatlari hokimliklari, loyiha institutlari, qurilish tashkilotlari, hududiy “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda boshqa tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlandiki, tabiiy ofatlar ichida zilzilalar keltiradigan zararning miqyosi va talofatlari bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi. Aksariyat hollarda zilzilaning o’zidan emas balki bino va inshootlarning turli darajadagi buzilishi natijasida insonlarning jarohat olishi kuzatilgan. Qurilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda, qurilish-me’yor qoidalari asosida qurilayotgan bino va inshootlar zilzilabardoshlik talablariga javob beradi. Ayrim hollarda, fuqarolar tomonidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurishda zilzilabardoshlikni ta’minlashning tamoyillari buzilish holatlari kuzatilmoqda.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan taqdim etilgan prezentatsion va videomateriallar orqali, binolar qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlash, individual ravishda qurilayotgan binolarning seysmik mustahkamligini oshirishga qaratilgan yangi, zamonaviy innovastion usul va uslublar to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida binolar qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlashga qaratilgan ixtiro va innovastion ishlanmalar, adabiyotlar, maxsus avariya-qutqaruv  texnikalari va asbob-anjomlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

 Eslatib o`tamiz, mazkur hududiy seminar o`tkazilishi respublika bo`ylab davom etadi.

 

FVV Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

HARBIYLARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramni kotarinkilik bilan nishonlash ananaga aylangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida otkazilgan bayram tadbiri ham kotarinki ruhda bolib otdi. Sababi ko…

Qamchiq dovoni bo`yicha ma`lumot

Bugun 9 yanvar kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 8 yanvar kuni Qamchiq dovonida qor yogishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi togrisida asossiz malumotlar tarqaldi. Ushbu malumot…

FUQARONING HAYOTI SAQLAB QOLINDI

Joriy yilning 3 dekabr kunida Buxoro viloyati FVB tezkor navbatchisi qismiga Buxoro shahridagi Al Somiy kochasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.SH. uy ichida 7 yoshlik qizi qulflanib qolganligini aytib …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech