FVV ogohlantiradi:
24 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan,Samarqand,Jizzax,Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda kuning birinchi yarimida hamda Andijon,Namangan va Fargona viloyatlarida yomgir yogadi. Shamol garbdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17*C iliq bo'ladi.

Birinchi Toshkent xalqaro yarim marafoni

Poytaxtimizda ilk bor Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘tkazildi. Marafonda dunyoning 28 davlatidan kelgan 1658 nafar professional va havaskor atletlar, 5 va 21 kilometr masofaga yugurushdi. Quvonarlisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 21 nafar harbiylari va qutqaruvchilari ham mazkur marafonda ishtirok etdilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va yugurushni targ‘ib etish, sport turizimini rivojlantirishdan iborat bo`ldi. Qayd etish joiz, tashkilotchilar tomonidan sportchilarga barcha imkoniyatlar yaratib berildi va marafon ishtirokchilarning barchasiga esdalik medallari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech