Respublikalarning birinchi uch tomonlama favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi ekspertlarining qo‘shma Hay’at yig‘ilish kun tartibida 6 ta masala qo`yildi.
Asosiy masalalar qatorida – sel oqimi, qor ko‘chkisi va yer ko‘chkisini oldini olish bo‘yicha malaka almashinuvi hamda transchegaraviy sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, chegara hududlarida joylashgan potensial xavfli obyektlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish yuzasidan hamkorlikda maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va boshqa dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, yig‘ilish jarayonida ishchi guruh mutaxassislari bayonnoma loyihasini muhorama qildi. Hujjatning loyihasiga ekspertlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.
Har bir savol bo‘yicha delegatsiya a’zolari transchegaraviy hududlardagi muammolarning yechish yo‘llari bo‘yicha batafsil tarzda ma’ruza qildilar.
O‘zbeksiton tomonidan ushbu yo‘nalishlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshliqlari Shuhrat Dadaxanov, Abdullo Nurmatov, Sobirjon Abdurahmonov, Jaxongir Isayev, Rustam Norqulov, Pyotr Volkov hamda Davron Azimovlar o‘z taqdimotlari bilan chiqishdilar.
Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston, Tojikiston, va Qirg‘iziston ekspertlarining yig‘lish yakunlari bo‘yicha bayonnomasi tuzildi va delegatsiyalar rahbarlari tomonidan imzolandi.
Ushbu tadbirda, keyingi uch tomonlama bu kabi yig‘ilishni 2021 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirildi.