FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

BIZNES-KLINIKA DASTURI: INQIROZ DAVRIDA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun Biznes-klinika loyihasini ishga tushirdi.

Loyhaning asosiy  maqsadi pandemiya davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga biznesni tiklash va davlat tomonidan beriladigan imtiyoz hamda preferensiyalar bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha bepul maslahatlarni berib borishdan iborat.

Ayni ezgu maqsadda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining  “https://t.me/biznes_klinika” telegram-kanali, “1094” ishonch telefoni, “www.businessinfo.uz” veb-sayti ishga tushirilganligini ma'lum qilamiz.  Endilikda Siz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda, ayniqsa, pandemiya sharoitida biznesingizni qo‘llab-quvvatlashda yaqindan ko‘mak olish yuzasidan  ma'lumotlarni yuqorida keltirilgan havolalar orqali bilib olishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech