Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Bo‘ka tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Madaniyat mahallasida joylashgan mazkur bino bundan qariyb 30 yil avval ya'ni 1992 yilda o‘z foliyatini boshlagan. Kuni kecha ushbu 20-yong‘in-qutqaruv qismi ma'muriy binosida qayta ta'mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Ta'kidlash joiz, mazkur binoda Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining xarbiy xizmatchilari va yong‘in-qutqaruvchilarga yong‘in o‘chirish va qutqaruv ishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar o‘z navbatida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni qisqa vaqt ichida samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech