Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Bolajonlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining sovg‘asi

Xabaringiz bor joriy yilning 12-iyun kuni Chiroqchi tumani “Langar” MFY “Langar” qishlog‘ida 2016-yilda tug‘ilgan Turdiev Doniyor Xasan o‘g‘li ehtiyotsizlik oqibatida dala maydonida qazilgan taxminan 250mm diametrli, chuqurligi 25 metr suvsiz artezian qudug‘iga tushib ketganligi haqidagi xabar barchamiz uchun hayajonli bo‘ldi.

Shunga qaramasdan, ushbu vaziyatning ilk soniyalaridan to qutqaruv ishlari yakuniga qadar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi, Chiroqchi tumani Hokimligi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari mazkur qutqaruv operatsiyasida faol ishtirok etganligi hamda ularning hamkorlikdagi harakatlari natijasi o‘laroq bir oilaning farzandi sog‘-salomat ota-onasiga topshirildi.

Qolaversa, maxsus qutqaruv operatsiyasida “Qalqama” mahallasida yashovchi 109-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Yo‘ldoshev ham qatnashdi. Kichik qahramon qutqaruvchi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor o‘tib, bolakayni olib chiqdi.

Ushbu jasorat ko‘rsatgan Ozodbek Yo‘ldoshevga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Qo‘ldoshev Abdulla Hamidullayevich nomidan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirzayev Farhod Mirzayevich kompyuter jamlanmasini topshirdi.

Shuningdek, quduq qaridan sog‘-salomat chiqib ota-onasiga topshirilgan Doniyor Turdiyevga Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirzaev Farhod Mirzayevich velosiped sovg‘a qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech