Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Bolalar qutqarib qolindi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi qismiga Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tomonidan qo‘shnisining uyidan tutun hidi chiqayotgani, xonadon ichida 3 nafar voyaga yetmagan bolalarning hayoti xavf ostida qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushadi.  

Qabul qilingan xabar yuzasidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib keladi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 3 nafar bolalar qutqarildi. Bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi va yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etildi.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech