1-iyun – ''Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni'' munosabati bilan hamda tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish, bolalar salomatligini muhofaza etish maqsadida joylardagi qon quyish markazlarida “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur aksiya doirasida FVVning Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va boshqa viloyat boshqarmalarinig harbiy xizmatchi va xizmatchilari ko‘ngilli ravishda qon topshirib, aksiyada faol ishtirok etmoqda.