FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

Boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi: Namanganda FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari suv havzasidan avtomobilni olib chiqishdi

Kuni kecha Katta Farg‘ona kanali bo‘ylab avtomagistralda harakatlanayotgan, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro "DAMAS" rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida suv havzasiga tushib ketgan.  Quvonarlisi, haydovchi cho‘kayotgan avtomashinadan xavfsiz ravishda chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlarini chaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida avtomobilni qirg‘oqqa olib chiqishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech