FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

Boshqaruvni yo‘qotish oqibatida yana bir ko‘ngilsizl holat yuzaga keldi

Bugun ertalab soat 08:05da “Qamchiq" dovonidan o‘tgan A-373, “Toshkent-O‘sh" avtomagistralining 206.5 km.da yana bir ko‘ngilsiz avtohalokat yuzaga keldi. Bunda, haydovchi harakat chog‘ida butunlay xushyorlikni yo‘qotgan. Oqibatda avtomashina ariqqa ag‘darilib ketgan. Hayriyatki, avomashina ichidagi fuqarolar omon qolishgan.
Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun “Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va Yo‘l patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari yetib kelib, ariq ichidan mashinani chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Hurmatli haydovchilar, yo‘lga chiqqanda, doimo hushyor bo‘ling! Bu orqali siz nafaqat o‘zingizni balki o‘zgalar hayotini ham xavf ostiga qo‘ymagan bo‘lasiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech