Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Botkent viloyatida hamkorlikdagi o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Botkent tumanida “Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakati" mavzusida hamkorlikdagi o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan mazkur o‘quv mashqlarining asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda vayronkor zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi.Ta’kidlash joiz, mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi qo'mitasi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ishtirok etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech