Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbiy yo'nalishdan sharqiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 С iliq bo‘ladi.

Botulizmdan saqlaning!

Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir.
Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi.
Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi.
Botulizmning asosiy sabablari:

Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi.
Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj).

Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:

-        odamning boshi og‘riydi

-        ko‘ngli aynib, qusadi

-        og‘zi quriydi       

-        ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi.

-        ko‘z qorachig‘i kengayadi

-        nutqi buziladi (afoziya)

-        nafas olishi qiyinlashadi

-        yutinishi qiyinlashadi

-        yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi

Kasallik qanday kechadi:

Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.     

Kasallikni oldini olish uchun:

uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya     va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;

konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;

sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;

mahsulotlarni yuqori  harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;

nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;

uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;

konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.

O'xshash yangiliklar

Maxsus xabarnoma

Fargona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan malumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani Belariq MFY hududidan otuvchi PK- 51.2 Navbahor Uch uy Olti…

Maxsus xabarnoma

Avval habar berganimizdek, Buxoro viloyati Kogon shaxrida sodir bolgan kongilsizlik oqibatida jabrlangan va halok bolgan shaxslarning royhati. Vafot etgan fuqarolar: Xilola Jumaeva, 1982 y.t. Ergashe…

MAXSUS XABARNOMA

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan otuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yolida 26 nafar yolovchisi bolgan avtobusining metan gaz baloni por…

Axborot xabarnomasi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotiga kora 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy rayoni Gluxoozyorsk kochasi 11 uydagi angarda yongin sodir …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech