Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
15 avgust kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-37 С issiq bo‘ladi.

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “2018 yilda sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “Davsuvxo‘jaliknazorat” hamda “O‘zgidromet” markazi, Davlatgeologiya va Mineral resurslar qo‘mitasi mutaxassislari, shuningek, ommaviy axborot vositlari vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda sel-toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda idoralararo shtab faoliyatining ahamiyati yuzasidan ma’ruza o‘qib eshittirildi. Qolaversa, soha mutaxassisilari sel va suv toshqinlari xavfi saqlanib qolgan hududlar to‘g‘risida, bu kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida, xususan, 2017-2018 yillarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar borasida quyidagilarga to‘xtalib o‘tildi:

sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv toshqini va sel oqimini oldini olish va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, har yili Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari balansida bo‘lgan daryo va soylarning o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etilganligi;

aholini suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ogohlantirish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida joylarda tashkil etilgan jami 105 ta nazorat-kuzatuv postlari zaruriy aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida sel oqimlari va toshqin suvlariga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo tezkor Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Favqulodda vaziyatlar, Suv xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Avtomobil yo‘llari va Davlat geologiya davlatqo‘mitalarining mas’ul xodimlari tarkibidan navbatchilik tashkil qilindi hamda hududlardagi vaziyat bo‘yicha muntazam ravishda axborot almashinuvi olib borilib, gidrotexnik inshootlardagi suv miqdori nazoratga olinganligi bo`yicha ma`lumotlar berildi.

Ta’kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyati davomida vazirliklar, idoralar va boshqa nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ularni oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

O'xshash yangiliklar

DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI

15 avgustda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fanlar akademiyasi vakillari, Tojikiston Respublikasining gidrometeorologik xizmati bilan "Yorilishi mumkin bo`lgan yuqori tog` ko`…

Tajriba almashinuvi

Joriy yilning 8 avgust kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligi X.Alibaev viloyat hokimiyati delegatsiyasi tarkibida Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech