Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

BUGUN KORRUPSIYANI OLDINI OLMASAK – ERTAGA KECH BO‘LADI!

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar' kunida qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Mazkur hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e'tiborini oshirishga qaratilganligi, shuningdek, mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 16 aprel' kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma'naviyat va ma'rifat” markazida O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Markaziy apparati bilan hamkorlikda Akademiya kursantlari o‘rtasida “Yorqin kelajagimiz uchun korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda “Bugun korrupsiyani oldini olmasak - ertaga kech bo‘ladi!” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Umidjon Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sud'yasi Akmal Jonqobilov, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Fazlitdin Ziyaev, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya podpolkovnigi Sherzod Hayitov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mas'ul xodimlari Obidjon Latipov va Akmal Yunusovlar hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlarning mas'ul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan so‘ng hamda muayyan vaqt o‘tganidan so‘ng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar o‘tkazishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tadbirni Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Abduazim Axmadxodjaev kirish so‘zi bilan ochib, Avvalo, Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi xususida ta'kidlab, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr' kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart” deya bildirgan iboralarini alohida e'tirof etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan ta'kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma'naviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida taklif etilgan mehmonlar tomonidan ishtirokilarga mavzuga doir videolavhalar namoyishi havola etildi hamda korrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashdilar.
Tadbir yakunida Akademiya kursantlari o‘rtasida “Yorqin kelajagimiz uchun korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech