Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Bugun “Qamchiq” dovonida o‘tkazilayotgan yirik qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

Joriy yilnning 17-18-dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida FVDTga (Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi) kiruvchi 40 dan ortiq tashkilot kuch va vositalari jalb etilgan holda keng ko‘lamli qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashqning butun jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirildi. Qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari davomida “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining ushbu strategik qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar rivojining barcha ssenariylari ishlab chiqildi. Bular 15 ga yaqin epizodlar - qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan taqdirda qutqaruv kuchlarining harakatlari, yong‘indan keyin sodir bo‘lgan yirik avariyani bartaraf etish, aholini evakuasiya qilish va joylashtirish, vayronalar ostidan jabrlanganlarni qidirish, kuchli ta'sir etuvchi zararli moddalarni tashish vaqtida to‘kilishi oqibatida  jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va zararsizlantirish tadbirlaridir. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning eng zamonaviy texnikalari va mutaxassislari va boshqa tuzilmalar jalb etildi.

  Mazkur qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlarida FVTTning barcha xizmatlari yuqori darajada tayyorligini yaqqol ko‘rsatdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech