Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Buxoro bo‘ylab sayohat

Navro‘z bayrami kunlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati va uninng «O‘zgidromet», «Davsuvxo‘jaliknazorat» Davlat inspeksiyasi tarkibiy tuzilmalari bilan 20-22 mart kunlari «Vatanimiz tarixini o‘rganiamiz» shiori ostida Samarqand va Buxoro shaharlariga ekskursiya uyushtirdi. Safarning ikkinchi kuni xodimlar Buxoro shahriga tashrif buyurishdi.

Buxoro buyuk diniy ma’rifatparvar, olim va faylasuflar yashab ijod etgan, qadimiy arxitektura yodgorliklari hamda shahar tarixiy obro‘-e’tibori bilan ziyoratchi, sayohatchi, savdogarlarni o‘ziga jalb etgan Buyuk ipak yo‘lining marvaridir.   

Ekskursiya ishtirokchilari «Minorai Kalon», «Labi Xavuz», Buxoroning oxirgi amirining shaxardan tashqari «Sitorai Moxi xasa» rezidensiasi,  Baxouddin Naqshbandiy maqbarasi, «Ark» qal’asi kabi ansambllariga tashrif buyurdilar.

Har erda hukumdorlik qilgan bayram nafasi mamlakatimiz tarixi bilan aloqada bo‘lgan sayohatchilarni unitilmas ta’surotlarini kuchaytirdi.

Ekskursiya dasturining ikkinchi kuni yakuniga etdi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ajoyib ta’surotlar asosida yangi kuch bilan ish joyiga qaytdi. Yil davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati respublikaning boshqa viloyatlariga sayohatni tashkil etishni rejalashtirmoqda.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech