FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolar bilan qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan aholi bilan muloqot qilish maqsadida joylarga chiqqan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, 2017 yilning 7 va 13 dekabr kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Aripov Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar Buxoro va Farg‘ona shaharlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarida tashkil etilib, unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutasaddi xodimlari, shuningdek, shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.  

Qabul davomida 21 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi. Barcha murojaatlar Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, mutasaddilarga qirg‘oqni mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash, daryo va qirg‘oqlarni tozalash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga harbiy xizmatga qabul qilish yuzasidan 9 nafar fuqaroning murojaatlari  ko‘rib chiqildi.

Fuqarolarni qabul qilish tadbirlari davom etmoqda.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech