FVV ogohlantiradi:
11 dekabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin. Joylarda yomg'ir qor yog'ib,tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikdan 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayadi. Harorat 8-13C iliq, shimolda 3-8C iliq buladi

Buxoro viloyati FVB rahbariyati Romitan tumani Davlat Soliq inspeksiyasining 2 nafar xodimlarini qahramonlik ko‘rsatishgani uchun taqdirladi

Joriy yilning 19 noyabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumani Davlat Soliq inspeksiyasi xodimlari katta inspektor Sunnat Jumayev va inspektor Xusniddin Xayriddinov Romitan tumani “A.Navoiy” MFY hududida soliq qonunchiligi bo‘yicha tadbirlarni olib borish jarayonida, mazkur mahalla hududidan oqib o‘tuvchi “Hayrabot” kanaliga voyaga yetmagan 1-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Zaripov Shaxrombek Sharof o‘g‘lini tushib ketganligini ko‘rib qoladi. O‘quvchi, “Hayrabot” kanaliga qo‘l yuvish maqsadida kanal yoqasiga borganda suvga tushib ketgan. Qahramonlarimiz suvning harorati -2 С0 bo‘lishiga qaramasdan o‘zlarini suvga tashlab bir inson hayotini saqlab qolishgan.

Joriy yilning 2 dekabr kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sunnat Jumayev va Xusniddin Xayriddinovlarga 10 yoshli Zaripov Shaxrombek Sharof o‘g‘lini hayotini saqlab qolishganligi uchun tashakkurnoma va sovg‘alar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech