Kecha, 26-may kuni Buxoro viloyatida "Ajdodlar izidan" intellektual o‘yinlarining Favqulodda vaziyatlar vazirligi birinchiligi bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalaridan jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.
Bellashuv yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB terma jamoasi, 2-o‘rinni Jizzax viloyati FVB terma jamoasi hamda faxrli 1-o‘rinni "LUOK" MChJ obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa respublika "Ajdodlar izidan" intellektual o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.