FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

BUXORODA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

    FVV hududiy boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Buxoro muhandislik texnologiyalari institutida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda boshqaruv organlari, FVDTga kiruvchi tashkilotlarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

   O‘quv mashqi uch bosqichda o‘tkazildi. Dastlab Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshqaruv shtabi tomonidan FVDT kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati saf ko‘rigida ko‘zdan kechirildi. Navbatdagi bosqich o‘quv mashqi ishtirokchilari tomonidan shartli ravishda sodir etilgan yong‘inni bartaraf etish va fuqarolarni evakuasiya qilish harakatlaridan iborat bo‘ldi. 

    Mashg‘ulot yakunida mutaxassislar tomonidan tadbir qatnashchilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech