2018 yil 27 iyul kuni Buyukbritaniya elchihonasi hodimlari elchi o‘rinbosari Devid Spayrs boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrifning ososiy maqsadi zilzila bilan bog‘liq favkulodda vaziyatlarda tog‘ri harakatlar qilish bo‘yicha, amaliy bilim va kunikmalarga ega bo‘lishdan iborat.
Zilzilani simulyasiya qilish markazida mexmonlarga markazning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi, asosan zilzila tushunchasi, zilzila bilan birgalikda yuzaga keluvchi favqulodda vaziyatlar ma’ruzaning asosini tashkil etdi. “Zilzila tarixi” muzeyida zilzida, uni o‘rganish tarixi, yuz berish sabablari, prognozlash sohasida olib borilayotgan ishlar, respublikamizda yuz bergan kuchli zilzilalar, zilzila kuchini o‘lchash va qayd qilish qurilmalari to‘g‘risida ma’lumot berldi. Zilzilani simulyasiya qilish qurilmasida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulot chog‘ida mexmonlar haqiqiy zilzilaga tenglashtirilgan tebranishlarni his etadi.
– Zilzilani simulyasiya qilish majmuasi bo‘ylab amaliy va nazariy tarzda tashkil etilgan ekskursiya bizga juda manzur bo‘ldi, – deydi Devid Spayrs. – Zilzilalar tarixi, uning kelib chiqish sabablari, zilzila yuz bergan holatlarda to‘g‘ri harakatni amalga oshirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi juda qiziqarli, hayot faoliyatimiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Zilzila simulyatorida bo‘lib, sun’iy hosil qilingan tebranish davomida nazariy olgan bilimlarimizni yanada mustahkamladik.
Tashrif so`nggida mexmonlar zilzilalarni simulyatsiya qilish markazining faoliyatini yuqori baholab, mazkur tadbirni tashkil etgani uchun Fuqaro muhofazasi instituti rahbariyatiga minnatdorilik bildirdi.