Kuni kecha “Sirdaryo” chegara bojxona postida “Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi rahbar organlari, kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi nazariy va amaliy qismlarda tashkil etildi. Mashqning nazariy qismida mutasaddilar tomonidan mavzuga doir ma'ruzalar o‘qib eshittirild. Shuningdek, viloyatga yangi turdagi koronavirus infeksiyasi kirib kelishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ularni kelgusida bajarilishi bo‘yicha tegishli xizmatlarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirning amaliy qismida barcha tegishli tashkilotlarning maxsus texnika va asbob-anjomlari saf ko‘rigi o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu turdagi virusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.
Chegara bojxona postida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
- Qo'shildi: 22.02.2020
- Chop etish
- Ko'rishlar: 24349