FVV ogohlantiradi:
28 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan, yogingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Surhondaryo, Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida ertalab ayrim joylarda yogingarchilik kutilladi (yomgir, qor). Tuman tushushi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10*C iliq bo'ladi.

Chelyabinskda ShHTga a’zo davlatlari chegaraoldi hududlari favqulodda vaziyatlar tuzilmalari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi boshlandi

Joriy yilning 18 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk shahrida ShHTga a’zo davlatlarining chegaraoldi hududlari favqulodda vaziyatlar tuzilmalari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi boshlandi.           
Ta’kidlash joiz, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.           
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, ShHTga a’zo davlatlarining hududiy favqulodda vaziyatlar tuzilmalari o‘rtasida chegaraoldi hududlarda hamkorlikda harakat qilish yuzasidan o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat.           
Shu bilan birga, tomonlar transchegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha tajriba almashdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech