Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chelyabinskda ShHTga a’zo davlatlari chegaraoldi hududlari favqulodda vaziyatlar tuzilmalari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi boshlandi

Joriy yilning 18 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk shahrida ShHTga a’zo davlatlarining chegaraoldi hududlari favqulodda vaziyatlar tuzilmalari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi boshlandi.           
Ta’kidlash joiz, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.           
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, ShHTga a’zo davlatlarining hududiy favqulodda vaziyatlar tuzilmalari o‘rtasida chegaraoldi hududlarda hamkorlikda harakat qilish yuzasidan o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat.           
Shu bilan birga, tomonlar transchegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha tajriba almashdilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech