Bugun, 9 aprel kuni soat 18:49 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, “Navbahor” ko‘chasi “Charxi Komolon” MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14 da o‘rab olinib, 19:25da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.