Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 5-avgust kuni soat 18:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida binoning 2 qavatida 140 kv.m maydonda qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech