FVV ogohlantiradi:
18 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi.Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 22-27*S iliq bo'ladi.

CHILONZOR TUMANIDA YONG‘IN SODIR BO`LDI

2020 yilning 24 fevral kuni soat 05:52da, Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” mahallasi, Bunyod ko‘chasi 39-uyda joylashgan “Grand Spektrum” MChJga qarashli sexida yong‘in kelib chiqqan. Buning oqibatida binoning ichki va tom qismi 150 kv.m maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 06:01 da yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:47da bartaraf etilgan. Shuningdek, sexning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech