2022-yil 19-yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda Toshkent viloyati Chimyon tog‘ hududining dengiz satxidan 2300-3000 metr balandlikda qor ko‘chish holatlari kuzatilib, dengiz satxidan 1700 metr balandlikda to‘xtagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi taxminan 60 000 metr.kub hajmni tashkil qilishi aniqlangan. Ushbu hodisa Chimyon tog‘ hududining ichkari qismida, aholi yashash joyidan taxminan 4-5 km yuqorida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ma'lumot kelib tushmadi. Hozirda barcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, fuqarolarning hududga kirmasligi va harakatni cheklash maqsadida qo‘shimcha belgilar o‘rnatilmoqda.
Chimyon tog‘ hududida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma'lumot
- Qo'shildi: 20.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 3037