FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Chirchiq shahrida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 11 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ta'mirlash ishlari yakunlangan Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi.Tadbirni Toshkent viloyati hokimi kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, Favqulodda vaziyatlar vazirinining birinchi o‘rinbosari mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e'tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida to‘xtalib, viloyat FVB xodimlarini samimiy muborakbod etdi. 

Ta'kidlash joiz, mazkur binoda Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining xarbiy xizmatchilari va yong‘in-qutqaruvchilarga yong‘in o‘chirish va qutqaruv ishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech