O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan 2023-yil 30-yanvar kuni soat 14:30 da Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Chirchiq oliy harbiy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Respublika Harbiy prokuraturasi va Qurolli Kuchlar tizimidagi qo‘mondonlik mansabdor shaxslari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ommaviy sayyor qabulga ishtirok etish uchun taklif etamiz.