Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish va isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik tashkil etmoqda.

Unda soha xodimlari aholi yashash xonadonlari, qurilish ob'ektlari, tunda insonlar qoluvchi maskanlar, savdo markazlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etilishi, is gazidan zaharlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar doirasida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu boradagi amaliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech