FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3*S sovuq-2*S iliq, kunduzi 7-12*S iliq bo'ladi, shimolda 3*S sovuq -2*S iliq bo'ladi.

Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda.

Unda soha xodimlari aholi yashash xonadonlari, qurilish ob'ektlari, tunda insonlar qoluvchi maskanlar, savdo markazlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etilishi, is gazidan zaharlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.
Tadbirlar doirasida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi amaliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech