Yurtimizda xaftaning har chorshanbasi “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” deb belgilangan. Ana shu maqsadda, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda insonlarni is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbir davomida aniqlanayotgan kamchiliklar joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, aholiga zarur tavsiyalar berilmoqda.
Chorshanba – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni
- Qo'shildi: 08.09.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 6958